Merosimda farzandlarimning haqqi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Quyidagi savolni sizga yo‘llashni bir opamiz iltimos qilgandilar. Biz opa-singillarga ota-onamizdan meros qolgandi. Mening moliyaviy ahvolim va farzandlarimning ham moliyaviy ahvoli juda yaxshi, shuning uchun merosdagi ulushimdan kechsam bo‘ladimi? Bu merosda farzandlarimning haqqi bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Merosga siz haqlisiz, farzanlarning haqi yo‘q. Meros taqsimlangandan keyin siz o‘z ulushingizni taqsimlab berishingiz mumkin. Avval olmayman desangiz, ulush hissasi boshqalar chun buzilib qolishi mumkin.

26 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar