Sherikchilik ishi
Assalomu alaykum! Ustozlar, imingizga Alloh baraka berishini tilagan holda yana bir savol ili murojat etmoqchiman. Deyarli bir yil oldin men 2 ta tanishim bilan (ya’ni 3 kishi bo‘lib) sherikchilik ish boshlaganman. Bir muddatdan so‘ng bir sherigim bizni ogohlantirmay boshqa ishga o‘tib ketdi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarning taxminan 4 dan 1 qisminigina bajarayapti xolos va shu kungacha o‘ziga belgilangan ulushni to‘liq olyapti. 1 oy oldin men va 3-sherigim unga bu ish noto‘g‘riligini, agar u o‘zining eski holiga qaytmasa ulushi qisqartirilishini aytib ogohlantirdik. Biroq xaligacha o‘zgarish yo‘q. U sherigim ish boshlash vaqtida hech qanday moliyaviy hissa qo‘shmagan va ma’lum vazifalarni bajarishi hisobiga ulush olishiga kelishilgan edi. Savolim shuki, shu holatda uning ulushini qisqartirishimiz mumkinmi? Umuman qanday yo‘l tutmoq afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zimmasiga yuklatigan vazifalarni bajarmasa qisqartirish hamda ulushdan ham mahrum qilish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:48 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zimmasiga yuklatigan vazifalarni bajarmasa qisqartirish hamda ulushdan ham mahrum qilish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:48 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat