Haq masalasi
Assalomu alaykum! Biz Turkiya davlatida supermarketlarning alyumin rom va eshiklarini yasab o‘rnatamiz. 6 kishimiz. 2 kishi ustaxonada yasab tayyorlab beradi 4 kishi borib o‘rnatib kelamiz. O‘rnatishga borgan joyimizda eski alyumin profillarini olib sotamiz. Boshlig‘imiz ruxsat bergan. Ustaxonada qolgan 2 kishi ertalab 9 dan kechqurun soat 17 gacha ishlab uylariga ketishadi. Biz 4 kishi kech 22:00 gacha, ba’zan undan ham kechroq uyga kelamiz. Ustaxonada qolgan 2 hamkasbimizga eski alyumin profillarini sotgan pulimizdan kamroq bersak norozi bo‘lishadi. Aslida pul qanday bo‘linishi kerak. Biz ularga kamroq bersak haqlariga kirgan bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolga javob berish uchun tafsilotlar etarli emas. Sizlar 6 kishi ekansiz, barchangiz o‘zaro sherikmisizlar yoki bir boshliqning qo‘lida oylik maoshga ishlaydigan hamkasbmisizlar? O‘sha eski alyumin profillar kimning mulki? Boshlig‘ingizniki bo‘lsa, uni siz to‘rtalangizga hadya qilyaptimi? Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom