Xatna turi
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlaringizni ajri ziyoda bo‘lsin. Men yaqinda in sha Alloh farzandimni xatna qildirmoqchi edim. Ammo o‘ylanib qoldim. Kimdur "Xatnani yangi usulda, ya’ni lazerda qildirish kerak" – desa, yana kimlardir "Oddiy usulda qildirgan ma’qul, lazer bola sog‘lig‘i uchun ziyon" - deyishadi. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni tanlashimga yordam bersangizlar. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xatna qilishdan maqsad o‘sha a’zodan ma’lum bir etni kesishdir. Uni qaysi yo‘l bilan kesilsa ham sunnat ado bo‘laveradi. Qaysi bir usul foydali yoki zararli ekanligi tajriba ahli tarafidan aniqlanadi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar