Allohning ism sifatlari

Assalomu alaykum! Men eshitgandim Allohni 3000ta ismi borligini. Bir tanishim 99 tadan boshqa yo‘q deb engyapdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan gapni biz bilmaymiz, lekin Alloh taoloning ism-sifatlari 99taga chegaralangan emas. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kimga qachon bo‘lsa ham biror g‘am anduh etganida : اللَّهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ ابْنُ عَبْدِكَ ابْنُ أَمَتِكَ ، نَاصِيَتِي بِيَدِكَ ، مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ، عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ ، أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ ، سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ ، أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ ، أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي وَنُورَ صَدْرِي ، وَجِلاءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي . إِلا أَذْهَبَ اللَّهُ هَمَّهُ وَحُزْنَهُ وَأَبْدَلَهُ مَكَانَهُ فَرَحًا " . قَالَ : فَقِيلَ : يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَفَلا نَتَعَلَّمُهَا ؟ قَالَ : فَقَالَ : " بَلَى ، يَنْبَغِي لِمَنْ سَمِعَهَا أَنْ يَتَعَلَّمَهَا ". هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ دَوَّنَهُ الإِمَامُ أَحْمَدُ duosini o‘qisa Alloh uni g‘am anduhini aritadi, o‘rniga xursandchilikni beradi dedilar. U zotga “Ey Allohning rasuli uni o‘rganib olmaylikmi deyilgan edi, “Shunday qilinglar. Uni eshitgan kishiga o‘rganib olishi lozim” dedilar”. Imom Ahmad rivoyati. Duoning ma’nosi: Allohim men seni bandangman, bandangning farzandiman, cho‘ringni farzandiman, peshona sochim qo‘lingda, haqqimdagi hukming joriydir. Haqqimda qilgan hukming adolatlidir, men sendan O‘zingni nomlagan, yoki maxluqotlaringdan birortasiga bildirgan, yoki biror kitobingda nozil qilgan, yoki huzuringdagi g‘ayb ilmingda saqlab qo‘ygan har bir isming ila Qur’onni qalbimning bahori qilishingni, ko‘ksimni nuri qilishni g‘am-anduhimni zoyil bo‘lishiga sababchi qilishngni so‘rayman. Ushbu hadisdan bizga bildirilmagan booshqa sifatlari ham borligi ma’lum bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar