Hisobga tushgan pul

Assalomu alaykum! Savolim takrorlanayotgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Izlash xizmatidan topa olmadim. Telefon raqamimga kimdir pul tushiribdi. Kim tushirganini bilmayman. Nima qilganim joiz? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qachon egasi topilganda to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Agar topilmasa o‘sha tashlagan odamning nomidan deb faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:54 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar