Nima kilay

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yoshlikdan birga katta bo‘lgan maxalladosh og‘aynim bor. Otasi yoshligida chet eldaligi sabab bir ikki qo‘li qing‘irlik qildi. Yillar mobaynida turli yolg‘on baxonalar bilan bir necha marotalab pul olib qaytarib bermadi. Vaqti kelib o‘zgarar deb yaxshi muomalada bo‘lib yuraverdim. Bir  yarim yil avval yana o‘g‘irlik qilganini bildim. Bu yigitta munofiklikni 3 ta alomatini ko‘rdim va shundan beri xatto yuziga qaramayman. Savolim  kechirimli bo‘linglar shunda sizlarga kechirimli bo‘lishadi degan gapga muvofiq bu kabi insonlarga yana yaxshi muomala qilaymi? 2-olgan qarzlaring senga zakot desam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxishilikni bilmaydiganlarga yaxshilik qilish ularga zulm hisoblanadi. Shuning uchun shariatimiz boshqalar o‘g‘rining o‘g‘riligidan saqlanishlari uchun uni o‘g‘riligini aytsa g‘iybat emas deganlar. xususan hozirgi kunda pul olib bermaslik, birovning haqqidan qo‘rqmaslikka odatlangan kishilarni kim ekanligini oshkor qilish kerak. 2). Zakot o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar