Talabalar uchun mustaqil ish sotish

Assalomu alaykum! Men talabalarga mustaqil ish, kurs ishlarini tayyorlab sotsam bu halol savdo bo‘ladimi yani ustozlar talabalar uchun bu topshiriqlarni o‘zlari qilishsin deb beradilar. Ahir men o‘z mehnatim va ilmim hisobiga bu topshiriqlarni tayyorlayman uni olish yoki olmaslik talabalar ixtiyorida ku
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohga yordam berish o‘sha gunoh kabi haromdir. Modomiki sizga o‘xshaganlar bor ekan jamiyat rivojlanmasdan xalqimizda bilimsiz odamlar ko‘payaveradi. Allohdan qo‘rqing, siz sabab talabalar dars qilib o‘tirmasdan tayyorini olib hech narsani bilmasdan o‘qishni bitirishmoqda. Dunyoga fasodni tarqalishiga sababchi bo‘lmang. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 16:06 | Savol-javoblar | 0 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar