Haromdan topadigan odamning qo‘lida ishlash

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, bir kishi mardikorlikka ishga bordi. Lekin mardikor biladiki uni ishlatadigan uy egasi haromdan pul topadi. Shu mardikorni uy egasidan mehnat qilib olgan puli harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar topganining ko‘proq qismi haromdan bo‘lsa, mardikorning undan oladigan puli halol bo‘lmaydi. Ozrog‘i haloldan yoki ayni o‘sha berayotgan puli haloldan bo‘lsa olishi joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar