Internet orqali pul tikish

Assalomu alaykum! Mani ko‘pchilik tanishlarim telefonlarida onlayn poker o‘yinini soatlab, kunlab ham o‘ynab yurishadi va undagi o‘yinda yutib qolishsa, o‘sha onlayn pullarini o‘zimizni pulga kelishib, boshqa o‘yinchilarga sotisharkan. Man “bu qimor, noto‘g‘ri ish qivossila” deganim bilan quloq solishmayapti. «Bundan kelgan pulni uyimga olib kirmimanku baribir» deb o‘zlarini oqlashadi. Iltimos shu to‘g‘risida shariatning hukmini bildirsangiz. Zero, insofga kelishsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda qimor o‘ynashning o‘zi harom. Yutib olsa yutug‘ini eyish yana boshqa bir harom. Ularning gapidan doim yutkazadigan odam halol ish qilayotgan dek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar