Oyatlar tafsiri
Assalomu alaykum! “Qof” surasini 23-30 oyatlarini tafsir qilib beringlar, iltimos. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَقَالَ قَرِينُهُ هَذَا مَا لَدَيَّ عَتِيدٌ 23. Va uning «yaqini»: «Mana bu huzurimdagi narsa tayyordir», – dedi. Ya’ni «Mana, men u dunyoda yozib borgan nomai a’mol tayyor, qo‘shilgani ham, kamaytirilgani ham yo‘q», – deydi. Xuddi ana shu paytda Alloh taolo O‘z hukmini chiqarib, ikki farishtaga qarata bunday deydi: أَلْقِيَا فِي جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ الَّذِي جَعَلَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِي الْعَذَابِ الشَّدِيدِ 24. Jahannamga tashlang! Har bir ashaddiy kofirni va o‘ta qaysarni, 25. yaxshilikni o‘ta man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini, 26. Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni! Bas, uni shiddatli azobga tashlang! Ushbu uch oyatdagi hukmning ohangi, gunohkorlarga nisbat berilgan sifatlar – «ashaddiy kofir», «o‘ta qaysar», «yaxshilikni o‘ta man qiluvchi», «tajovuzkor», «shak keltiruvchi», «Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olgan» sifatlarining o‘ziyoq o‘shanday qiyin Kunda Allohning qanchalik g‘azabi chiqishini bildirib turibdi. Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Jahannamdan bir bo‘yin chiqib, gapira boshlaydi. U: «Men bugun uch toifaga vakil qilindim, har bir qaysar – jabr qiluvchiga, Allohga bosh¬qa ilohni sherik qilganga va odam o‘ldirganga», – deydi. Ularni o‘rab olib, jahannamning to‘riga tashlaydi», – dedilar. Bu kabi ulkan dahshat, qiynoq va azobdan hatto shayton ham qo‘rqib ketadi. Hamda o‘zini oqlashga urinib, gapga aralashadi. قَالَ قَرِينُهُ رَبَّنَا مَا أَطْغَيْتُهُ وَلَكِن كَانَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ 27. Uning «yaqin»i: «Robbimiz, uni men tug‘yonga ketkazganim yo‘q, lekin uning o‘zi uzoq zalolatda bo‘ldi», – der. Bu oyatdagi «yaqini»dan murod – shaytondir. Shayton ham oxiratdagi azob-uqubatdan qo‘rqib ketganidan, kofirdan tonib, «Men uni ig‘vo qilganim yo‘q», deb o‘zini olib qochar ekan. Shu maqomda Alloh taoloning hal qiluvchi so‘zi yangraydi. قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا لَدَيَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِالْوَعِيدِ مَا يُبَدَّلُ الْقَوْلُ لَدَيَّ وَمَا أَنَا بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ 28. (U Zot) dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va’dasini taqdim qilgan edim. 29. Mening huzurimda so‘z o‘zgarmas va Men bandalarga zulm qiluvchi emasman!» Ya’ni «Hozir tortishadigan vaqt emas, avvaldan hamma narsa tushunarli qilib aytilgan edi. Har kim qilganiga yarasha jazo yoki mukofot olishi ma’lum edi. Kofir va gunohkorlarga azob va’dasi bo‘lgandi. Endi o‘sha gap o‘zgarmaydi. Har kim qilganiga yarasha tortadi. Lekin bu zulm emas, ayni adolatdir. Chunki Alloh taolo bandalariga hech zulm qilmaydi». يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ امْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ 30. O‘sha Kunda jahannamga: «To‘ldingmi?» – deymiz va u: «Yana qo‘shimcha bormi?» – der. Ya’ni qiyomat kuni avvalgi oyatlarda vasf qilingan osiylarni jahannamga tashlab-tashlab turib, unga: «To‘ldingmi?» – deymiz va u: «Yana qo‘shimcha bormi?» – der». «Yo‘q, to‘lmadim, yana qancha bo‘lsa, mayli, tashlanaversin, joy ko‘p», – deydi. Bu haqda imom Buxoriy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Jahannamga har gal do‘zaxiylar tashlanganda, u: «Yana qo‘shimcha bormi?» – deydi. Nihoyat Alloh unga oyog‘ini qo‘ygandagina: «Tugadi», – deydi», – deb aytganlar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:23 | Savol-javoblar | 137 | Qur’oni karim