Tahajjud bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Koreya davlatida magistrda o‘qiyman va bo‘sh vaqtimda abeddan keyin soat 3:30 dan 12:30 gacha zavodda ishlayman. Alhamdulillah Allohim 5 vaqt namozimni o‘qishimga sharoit nasib qilgan. Men hufton namozini va vitr vojib namozini zavodda o‘qiyman aksariyat hollarda, uyga borganimda soat deyarli tungi bir bo‘ladi. Agar men hufton namozini zavodda o‘qib vitr vojib namozini uyda o‘qishni niyat qilsam hamda uyga soat taxminan tungi 1 larda borib avval 2 rakat tahajjud namozni o‘qib keyin vitr o‘qib yotsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki tahajjudga albatta bir uxlab turib o‘qish shartmi? Ikkinchi savolim, bomdod vaqti kirishiga 30 minutlar bor bo‘lsa va turib tahajjud o‘qisam bo‘ladimi va har doim shunday qilishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahajjudga o‘tadi. Agar uyg‘ona olishingizga ishonsangiz, vitrni tunning oxirida, bomdod vaqti kirmasidan avval o‘qish joiz. Tahajjudni esa uyqudan so‘ng o‘qigan afzal.2). Joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 229 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar