Riboga yordamlashish

Assalomu alaykum! Ustozlar, oldingi bergan savolimda «Ishingiz tafsilotini aniqlash kerak degan edingiz». Men Dori darmon tarqatadigan firmada ofis menedjer bo‘lib ishlayman. Bizda 3 oyda yopib bermagandan keyin penya xisoblanib sud orqali undirib olinadi lekin penya firmaga tushmaydi. Yurist shu undirib olgan qarzdorliklarning penyalarini oladi. Meni ish faoliyatim aptekalardan zakaz olib tovarlarni chiqarib yuborish, lekin o‘sha 3 oy davomida to‘lamagan aptekalarni sudga berish uchun dogovor, faktura va doverennost kserekopiya qilib berishim kerak. Bu sudxo‘rga yordamga kiradimi? Shu erda ishlashim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Molikiy mazhabida qarzni vaqtida to‘lamasa biror xayriya jamg‘armaga pul o‘tkazishni va’dalashishsa ushbu va’dasiga amal qilish shar’an vojib bo‘ladi deyilgan. Masalan sizni masalangizda uch oy davomida to‘lamasangiz falon etimxona yoki shu kabi joyga shuncha xayra qilishni va’dasini berasiz desa vaqtida to‘lay olmagan dorixona o‘sha jamg‘armaga xayriya o‘tkazishi shart. Sud orqali undirib o‘tkazish ham joiz. Bu kechiktirgani uchun penya olish emas, xayriya ishiga mablag‘ o‘tkazish va’dalashuvi hisoblanadi. Haq egasi bu puldan olishi joiz bo‘lmaydi. Ko‘zlangan maqsad to‘lovni kechiktirmaslik, kechiktirsa xayriyaga muhtojlar manfaati. Hozirgi kunda boshqa mazhab ulamolari ham shu fatvoga amal qilishmoqda. Ipoteka ishlarida ham shu fatvoga amal qilinganida edi, sudxo‘rlikdan qo‘rqqanlar ham uy olishlariga imkoniyat bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar