«Kuyovchak» va kelin sepi

Assalomu alaykum!Assalomu alaykum! 1. Yaqinda Ayyub Ramzning (Alloh rahmatiga olsin!) «Kuyovchak» maqolasini o‘qib qoldim. Haqiqatan, juda dolzarb mavzu ko‘tarilgan ekan. Ming afsuski, so‘nggi vaqtlarda mana shunday «kuyovchak»lar juda ko‘paygan. Bunday «mard»larning ko‘payishiga tom ma’noda ota-onalar va ahmoqona, birorta ham shar’iy hukmga asoslanmagan urf-odatlar sabab bo‘lmoqda. Lekin, tan olish ham kerakki, «kuyovchak»likni qanchalik uyat holat ekanligini tushunib etgan, to‘y va kelin sarpolarining barcha harajatlarini o‘zi ko‘targan yigitlar ham yildan yilga ko‘payayotgani rost. Kelinning barcha seplarini kuyov tomon qilgani juda quvonarli holat, lekin yana bir masala bor: Hazratning «Baxtiyor oila» kitobida Payg‘ambarimiz s.a.v. qizlari - Fotimani turmushga berayotganida sep qilib berganliklari yozilgan. Agar qiz farzandga sep qilib berish sunnat bo‘lsa, hozirgi kun nuqtayi nazaridan bu qanday buyum-anjomlarga to‘g‘ri keladi?   2. «Zikr ahlidan so‘rang» to‘plamining keyingi juzlariga hay’atning javoblari ham kiritiladimi? (Farg‘onadan, Husniddin Ali).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Abu Tolibning ko‘pgina farzandlari bo‘lib, qarindosh urug‘lar bo‘lishib o‘z qaramoqlariga olishgan edi. Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘ida edilar. O‘z farzandlaridek katta qilgan edilar. Yosh bolalardan avval iymonga kirgani ham Ali roziyallohu anhu bo‘lganlar, chunki u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamma holatlarian xabardor edilar. Xuddi o‘g‘il darajasida edilar. Hozirgi kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlariga bergan narsa kuyovlarning uyida ham mavjud, olib borishga hech qanday hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
2). Kitob va nashryotga oid savollar bo‘yicha  [email protected] sayti yoki +99871216-29-27ga murojaat qilinglar. Administrator.

26 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar