Fidya va ushr

Assalomu alaykum!
Hurmatli ustozlar savolim shundan iboratki:  Bobomni tutmagan ro‘zalarining fidyasi xamda dehqonchilikning ushrini beriladigan summasini aniqladim. Endi mani birovda shu summadan ko‘proq oladigan haqim bor lekin u kishini berishga imkoniyati yo‘q shuning uchun haqimi olmasdan bu mani bobomni nomidan fidya va dehqonchilik ushri desam bo‘ladimi?
Javob uchun oldindan rahmat. Din uchun qilayotgan ishlaringizga Olloh quvvat bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ajratib, qo‘liga berib, qarzingizni undan qaytarib olishingiz mumkin. Undagi bor haqqingizni kechib yuborishingiz bilan fidyalar ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar