Tartibsiz xonada namoz

Assalomu alaykum! Ish yuzasidan 15-20 kun mobaynida cho‘l xududida yashashimga to‘g‘ri keladi. Shu vaqt davomida 4-5 kishi bir vagonda istiqomat qilishga majburmiz. Inson tabiati har xil bo‘lar ekan. Doim ham vagonni ozoda va tartibli sharoitda  saqlashning iloji bo‘lmayapti. Shunday sharoitta ham namoz o‘qishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joynamoz keyinchalik odamlarga qulaylik bo‘lishi uchun joriy qilingan narsadir. Er, asfalt usti, sahro, o‘t-o‘lan joylarda, ochiq pol, marmar, beton kabi joylarda ho‘l najosat bo‘lmasa yoki najosat tegib qurigan va hidi kelmayotgan bo‘lsa, joynamoz solinmasdan namoz o‘qish joiz. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي قَبْلَ أَنْ يُبْنَى الْمَسْجِدُ فِي مَرَابِضِ الْغَنَمِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjid qurilishidan oldin qo‘y qo‘ralarida ham namoz o‘qir edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar