Vositachi

Assalomu alaykum! Biz Koreyada ishlaymiz bu tarafda kundan kunga bir ajoyib ish avj olib bormoqda. Bir qarasangiz riboning bir turiga o‘xshaydi, bir qarasangiz o‘zimiz rozi bo‘lib beramiz. Savolim shuki bir akamizga koreytslar bugun 3-4 ta ishchi kerak deb telefon qilsalar u akamiz odam topib koreyts aytgan ishni bizga aytadi va ish tugagandan so‘ng 1 oyda ish haqqimizni koreyts osha akamizga beradi. Misol uchun koreyts 100 ming bersa u akamiz shundan 10 ming o‘zlari olib, bizga 90 mingdan beradi. Bu holat ba’zida har kuni bo‘ladi. Bu masalada shariatimiz nima deydi men doim o‘ylanib qolaman bu birovni haqqini eyish bo‘lsa kerak yana ribo emasmikan deb? Agar o‘sha akamiz koreytsni telefon raqamini berib o‘zinglar gaplashib ishlab pullaringni olinglar men aralashmayman desa ham bo‘ladi, lekin unday qilmaydi. Agar bir oyda 1000$ ga ishlasak akamiz 100$ oladilar va bizga 900$ qoladi. Bu ish boshqa talaba bolalar orasida ham ko‘payib borayotgan ekan. Shunga bir oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/602 

3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar