Sariq suv haqida
Assalomu alaykum! Men bu masalada anchadan buyon so‘ramoqchi edim. Meni oyog‘imni tirnog‘i bilan terisi tutashgan joydan anchadan buyon yiring oqadi. Yiringning orqasidan bazan sarg‘ish bazan esa oqish suyuqlik chiqadi. Uni har qancha siqib tashlashga urinmay baribir namoz o‘qiyotganimda, tik turganimda, sajdaga borganimda chiqib kelaveradi. Men sariq suv tahoratni buzadi deb eshitganman. Savolim shundan iboratki sariq suv yiringdan keladigan suvmi? Men bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Suyuqlik chiqavergani uchun namozni stulda o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri eshitibsiz. U suv yiring hisoblanib tahoratni ketkazadi. Suv chiqmaydigan holatni mo‘ljallab namoz o‘qing. Bordiyu, suv kelaversa, unda sohibi uzr sifatida har namozga alohida tahorat qilasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar