Shunday emasmi

Assalomu alaykum!Muhtaram Xazrat! Sizdan bir narsani bilib olmoqchi edim. Mani bu masala juda ko‘p o‘ylantiradi. Xozirgi kunda ko‘plap guvohi bo‘lganmiz boshqa din vakillari cherkovga Iso yoki Muso payg‘ambarlarga sig‘inib duo qilishlarini. Ularni hatto Olloh darajasiga ko‘tarib qo‘yishganini (Alloh ularga insof bersin). Axir xozirgi kundagi jamiki odamlar payg‘ambarimiz (S.A.V) ga ummat hisoblanmaydilarmi. Biz ham Muso hamda Iso payg‘ambarlarni Allohni haq payg‘ambarlari deb tan olamiz lekin biz Muhammad (S.A.V)ga ummat hisoblanamizku (Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin). Qolaversa ushbu kunga kelib butun jaxonda Islom dini haq ekanligi har tomonlama isbotlanib qo‘yildiku. Manga alam qiladigan narsa boshqa din vakillari Islom dini vakillaridan ham ko‘proq ekan axir yana qanday dalillar kerak Islom diniga kirish uchun. Nima uchun ularga tushuntirish ishlari olib borilmaydi. Man istardimki butun dunyoda Islom dini eng haq din ekanligini hamma birdek tan olib unga amal qilib hayot kechirsa. Shunda Janobi Payg‘ambarimiz(S.A.V.) ham bizdan hursan bo‘larmidilar. Vaqtingizni olganim uchun uzr. Agarda qandaydir kamchilik va hatolarim bo‘lsa uzur so‘rayman. Olloh sizdan va bizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytasiz.

6 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar