Zakot bergan odam xaqlimikin?

Assalomu alaykum! Bu yil zakotimizni beradigan odamni topishga qiynaldik. Saxovat ulashuvchi guruxga murojaat qildim va menga shu ayol xaqdor qarzlari bor deyishdi. Tashqi ko‘rinishi juda ochiq sochiq ayol ekan. Ko‘rishganda xayron qoldik. Bizda nomeri borligi uchun suratlarni telegramiga qo‘yib turibdi. Suratini ko‘rib qoldim judayam avratlari ochiq sochiq xolatda. Ko‘rgan sarim zakot berishda adashmadikmi deb gumonga ketib qolyabman. Xo‘jaynim xam jaxllarni bildirmaslikka xarakat qilyabdilar. Agar ayol rostdan xam qiynalgan bo‘sa, axloqi xunuk bo‘lsa zakotimiz qabul bo‘larmikbn?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar zakot olishga haqdor bo‘lsa, zimmadan ado bo‘ladi. O‘sha ayolning o‘zidan biror kishi orqali so‘ratinglar. Zakot oluvchilarning shartidami yoki yo‘qmi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar