Fitna emasmi?

Assalomu alaykum! Bir xodim o‘z direktorining noqonuniy qilmishlari(masalan poraxo‘rlik, xodimning pulini o‘zlashtirish) haqida o‘zidan yashirincha faktlar yig‘ib, yuqori tashkilot va organlarga xabar bersa bu josuslik yo fitna bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zulmni daf qilish har bir mo‘minning vazifasi. Jazoga tortishdan avval uni ogohlantirish kerak bo‘ladi. Bunda maqsad o‘ch olish emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar