Zakotimni ajratish

Assalomu alaykum! Meni bankdan qarzdorligim bor, bundan tashqari bankda to‘planib turgan pullarim ham bor. Ushbu pullarim nisobiga etgan. Bundan tashkari plastik kartamda oylik ish haqqim ham to‘planim qolgan, lekin oylik ish haqqimga 1 yil to‘lgani yo‘q. Iltimos shularni inobatga olgan xolda zakot ajratishga yordam beringlar. Zakotni yonimizda masjid bor shunga beraymi yoki mahallamizda «qo‘li kalta» oilalar bor shularga berganim durustmi? Iltimos javob yozinglar katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barcha pullaringizni hisoblab, qarzingiz bo‘lsa qarzni chiqarib yuborasiz. Qolganini qirqdan birini faqir-miskinlarga berasiz. Zakot masjidga berilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:16 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar