O‘tgan yillarning fitr sadaqasi
Assalomu alaykum! Ustozlar, bizning oilada esimni taniganimdan buyon fitr sadaqa berilmagan. Faqatgina men o‘zim bilmaganimcha hech kim bermagan. Mana shu bir necha yillik berilmagan fitr sadaqalarni jamlab bersak bo‘ladimi? Qiymatni qaysi shaklda hisoblanadi? Har yili xar xil qiymat bo‘lishini hisobga olamizmi yoki shu yilning qiymatni hammasiga hisoblasak bo‘ladimi? O‘sha yig‘ilib qolgan summani bir kishiga bersa bo‘ldimi yoki tarqatib berish kerakmi? Balog‘atga etmagan bolalarga ham berilishini hisobga olsak, mening ota onam bizlarni tug‘ilganimizdan boshlab fitr sadaqa berishadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu yilgi qiymatini hisobga olsangiz ham bo‘ladi. 2). Ixtiyorli. 3). Fitr sadaqa berish uchun mol nisobga etgan bo‘lishi kerak. Otangiz balog‘atga etmagan vaqtlaringizda ham nisob egasi bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar uchun o‘ziga ham, sizlarga ham berishi vojib. Nisob uch xil bo‘ladi. 1. Zakot berish vojib bo‘lishi uchun nisob; 2. Zakot olmaslik uchun belgilanadigan nisob. 3. Tilanishni harom qiladigan nisob. Birinchi nisobni belgilashda hojati asliydan tashqari nomiy (o‘sib turuvchi) mollari hisoblanadi. Masalan: tillo, kumush, naqd pullar, tijorat mollari va zakoti berilishi shariatda belgilangan chorva hayvonlari. Ikkinchi nisobni belgilashda esa, ham nomiy, ham nomiy bo‘lmagan mollarni hisob qilinadi. O‘sib turuvchilari yuqoridagilardan ma’lum. Nomiy bo‘lmaganlari esa, tijorat maqsadida bo‘lmay o‘g‘illar uchun sotib olingan quruq erlar, (o‘zi o‘tirgan uyining yonidagi xonalardan tashqari) ijaraga berilmay bo‘sh turgan uylar, o‘g‘il-qizga berish maqsadida olib qo‘yilib, ularga mulk qilib berilmagan sep-sidirig‘lar(agar ularga mulk qilib berilgan bo‘lsa, olgan o‘g‘il qizlarning nisobiga hisob qilinadi), hech vaqt iste’mol qilinmaydigan suvenir va idishlar, televizor ham hojati asliydan tashqari mol hisoblanadi. Bu narsalar garchi zakot berishda hisobga olinmasada, zakot olishda hisobga olinadi. Kimning hojati asliysidan tashqari yuqorida zikr qilingan narsalari bor bo‘lib, zakot nisobiga etsa, unday kishilarga zakot olish joiz emas. Lekin, zimmasiga qurbonlik qilish, hamda fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Birinchi nisobni bilish, zakot beruvchilar uchun zarur. Ikkinchi nisobni bilish esa, ham beruvchi(o‘z o‘rniga berishi uchun), ham oluvchi uchun zarurdir. Chunki bu nisobga ham ko‘p hukmlar taalluqlidir. Masalan, sadaqai fitr berish va qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Sadaqa olmaslik (hadya bo‘lsa joiz), nazr qilingan go‘shtni emaslik, nazr qilingan narsalarni olmaslik kerak bo‘ladi. Uchinchi nisob bir kunlik eguligi bo‘laturib, tilanchilik qilishi harom bo‘lgan nisobdir. (Umdatul fiqh). Ba’zi birlar “nisobga ega bo‘la turib, yonida naqd puli bo‘lmasa qurbonlik qilish vojib emas” degan gaplarni aytishadi. Bu naqd puli ham, hojati asliyadan tashqari sotadigan narsasi ham bo‘lmagan holatdadir. Qarz olib qurbonlik qilishga keladigan bo‘lsak, qarz beruvchi qurbonlik qilishingizni bilib turib bersa, joiz. Yonida naqd puli bo‘lmagani uchun qarz olishga majbur bo‘lsa, qarz olish lozim. Qarzi bo‘la turib, qarzini uzmasdan qurbonlik qilish esa, joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qarzini uzishga qodir bo‘la turib bermaslik, zulmdir” deganlar. Haqdordan qurbonlik qilishni so‘ralganida rozi bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar