Ijtimoiy tarmoqlardagi «Xatm»lar haqida

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayrli ishlaringizda sizlarga kuch-quvvat ato etsin! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati, kuzatayotgan bo‘lsangiz birnecha ijtimoiy tarmoqlar(Telegram, Instagram va h.k.)da «Xatm»lar qilishmoqda. Ayniqsa bu onlayn xatmlar «Telegram» tarmog‘ida keng tarqaldi. «Xatm»lar kanallarda qilinib, xatmni boshqarish uchun kanalning bir admin mas’ul bo‘ladi. Barcha xatm qilmoqchi bo‘lganlar o‘zlari xohlagan juzlarni tanlab adminga yozib yuborishadi va 1 hafta muddat ichida o‘qib tugatishlari shart bo‘ladi.Shuningdek, bu xatmlarga bid’at deb qarab ularga salbiy fikr bildirayotganlar ham,  bid’ati hasana deb qarab, ijobiy fikr bildirayotganlar ham bor. Ularning har birlarida o‘zlariga yarasha dalillari bor. Ularning oralarida o‘sha dalillarni keltirib o‘zaro janjallashib ketayotganlari ham bor(Alloh ularni kechirsin!).Savol: Bu qilinayotgan xatmi-Qur’onlarga biz qanday qarashimiz kerak? Iltimos, bizlarga oyat va hadislar orqali to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Bu hech qanday xatm emas, balki Qur’on o‘qishga targ‘ibdir. Shunday qilmasa bo‘lmaydi deydigan holatga kelmaguncha qilish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar