Tanishim sinalishimi bu
Assalomu alaykum! Yaqin tanishim so‘rab berishimni iltimos qildi, bilmay qiziqib Injil kitobini o‘qib ko‘ribdi. O‘zi taqvodor namozxon inson, dinimizni chuqur bilar edi, o‘sha kitobni o‘qiganidan beri xayoliga yomon xayollar fikrlar xatto ateislikka tortuvchi fikrlar kelmoqda ekan xalovati yo‘q qanday firklar deb so‘rasam tilimga xam olishka qo‘rqaman, dindan chiqib ketib qolishdan qo‘rqaman deb aytmadi bu shayton vasvasi bo‘lsa bundan qanday chiqadi? U qiz, iymoni bilan sinalmoqdami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh filmlarni ko‘rganlar o‘zlarini mahramlariga fahsh ish qilishdan ham tiyilolmayapti. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson o‘qigan narsasidan albatta ta’sirlanadi. Hozirgi kunda injilni o‘zgartirib yuborilgan. Agar hozirgi kungacha ularning kitoblari o‘zgarmay kelganida edi, ular albatta musulmon bo‘lishar edi. Chunki o‘zgartirishlaridan oldin kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bashoratlar bo‘lib, u zotga ergashishga buyurilgan.عن جابر رضي الله عنه عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي» . رواه أحمد، والبيهقيJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar».
Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!
21 Iyul 2022, 11:12 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar