Bu ishi to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Meni ho‘jayinim dorixonada sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Dorixona o‘ziniki emas. Savolim dorixonaga doriga puli yo‘q qiynalganlar ko‘p keladi shularga savob bo‘ladi deb dorilarni bazilarini puli yo‘qlarga berib yuboradilar bu ishiz to‘g‘ri emas u dorilar siziki emasku desam Men boshliqqa zarar etkazmayman uni pulini boshqa masalan 1300 2800 shunga o‘xshagan summalarni yaxlit 1500 yoki 3000 deb aytib o‘rnini to‘ ldirib qo‘yaman dedilar. U ham to‘g‘ri emas bironi haqqiku desam mayli savobi o‘shalarga bo‘lsin puli yo‘q qiynalib kesa Men yo‘q deyolmayman deyaptilar. Ho‘jayinimi bu ishlari to‘g‘rimi yoki bermaganlari yaxshimi? O‘zini hisobidan bergisi keladi qiynalganlar ga qo‘ ldan kelgancha yordam qigisi keladi Alhamdulillah ho‘jayinim iymonli insonlar lekin hozir moliyaviy jihattan ozroq qiynalib qoganlari uchun o‘zlarini hisobidan qilolmayaptilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki ishi ham to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar