Meros haqida savol
Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati a’zolari hamshahar tanishimizning iltimoslariga binoan meros masalasidagi savollarini sizlarga yo‘llayapman.
Savol: Bizlar oilada sakkiz nafar farzandmiz: oltita o‘g‘il va ikkita qiz. Ota-onamiz qazo qilganlar. Ota-onamiz umrlarining oxirigacha eng kichik farzandlari bilan yashab o‘tdilar.
Otam nafaqa pullarining ortiqchasini yig‘ib haj safariga borish maqsadida bankka omonatga qo‘yar edilar. Otamning vafotlaridan so‘ng bankdagi pullar notarius orqali meros sifatida menga, ya’ni eng kichik farzandlariga qoldi. Shu qolgan merosdan akalarim va opalarimning haqqini shariat hukmiga muvofiq qanday taqsimlashimiz kerak?
Shu o‘rtada yana bir masala chiqib qoldi, bankdagi pulning umumiy miqdori 14 700 000 so‘m. Shundan 5 200 000 so‘mi bank foizi ekan (omonatga qo‘yilgani uchun). Otamning o‘zlariga tegishli pullar miqdori 9 500 000 so‘m. Shu pullardan 5 200 000 so‘mini qaerga sarflasak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 9 500 000ni 14ga bo‘linadi. Shunda 678.571.42 tiyindan ikki qizga, shuni ikki barobari har bir o‘g‘ilga beriladi. 5 200 000 so‘mni faqir miskinlarga savob umid qilmasdan sadaqa qilish vojib. Ota-ona vafotlaridan oldin uy-joylarni taqsim qilib bergan bo‘lsalar kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:27 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat