Zakotdan to‘langan qarz

Assalomu alaykum! Bir tanishimdan biroz qarz olishga majbur bo‘ldim va kelishuvda bu qarzning aniq qaytirish vaqtini belgilamadik. Shu yil ro‘za oyida shu kishi to‘satdan kelib qarzimni qaytarolmaganimni aytdi va bu borada yana yordam berishi mumkinligini bildirdi, ya’ni o‘zining zakotini qarzim miqdorichasini menga beradigan bo‘ldi va men bu pulni unga qaytarib qarzimni uzadigan bo‘ldim, shunday qildik xam. Lekin keyinroq o‘ylab ko‘rsam, men zakot oluvchilar safida emasman, biroz muddatdan so‘ng o‘sha qarzni qaytarishga imkoniyatim etardiku. Shu masalada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zakot oluvchilar safida bo‘lmasangiz sizga olish halol emasdi. Hozirda bo‘lsa ham qarzini olib borib holingizni bayon qiling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar