Jinlarni ko‘rarmish
Assalomu alaykum! Bir tanishim bor, kechalari o‘ngida har xil jinlarni ko‘rishini aytadi. Hattoki aniq-tiniq qilib tasvirlab ham bergan. Jinlar uni bosgani uchun kechalari uxlolmay chiqadi. Bir safar urg‘ochi shaytonni ham ko‘rganini aytdi. Nimaga asoslanib bunday dedi bilmayman. To‘qib chiqaryapti desam yolg‘on gapiradigan insonlar toifasidan emas. Shunday ham bo‘lishi mumkinmi? Nega bunday bo‘ladi? Bundan qanday qutilsa bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lishi mumkin. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlarining “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarining haqiqati” nomli kitoblarini olib o‘qing. Shunday holatlarga tushmaslik uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlariga tongda va tunda o‘qiydigan duolarni ta’lim berganlar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar