Ilm istab
Assalomu alaykum! Men 32 yoshdaman insha Alloh kech bo‘lsada bu yog‘iga oila ta’minoti va mas’uliyatini unitmagan holda ilm o‘rganib keyin boshqalarga ham o‘rgatmoqchiman.
1-Bu yoshda ilm yo‘liga kirib ilmda biror foydali ish qilgan ulamolar bormi? Ma’lumotlarni qaerdan olsam bo‘ladi?
2-Arab tilini o‘rganish niyatim bor. Qanchalik muhim yoki muhim emasligi haqida ma’lumot bersalaringiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh ta’olo himmatingizga baraka bersin. Bunan ham katta maqsad va ishlarni amalga oshirishingizga Alloh ko‘makchi bo‘lsin. Siz o‘zingiz o‘qigan sohada etuk mutaxassis bo‘lib, mu’min musulmonlarni xizmatini qilishingiz va o‘sha orqali Allohning diniga xizmat qilib, orzu qilganingiz darajalarga etishingiz mumkin. Sizning yoshingizdan ancha katta yoshga kirib ham olim bo‘lganlar juda ham ko‘p bo‘lgan. Arab tilini mutaxassis darajasida o‘rganishingizga imkon va qobiliyatingiz bo‘lsa, harakat qiling. Bo‘lmasa, Hazratimiz rahimahullohning kitoblarini yaxshilab, tushunib o‘qing va unga amal qilishga harakatda bo‘ling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim