Jinlar yuradigan vaqt

Assalomu alaykum! Shom paytida jinlar yuradigan vaqt bo‘larkan deb eshitdim. Shomdan keyin ko‘chada yolg‘iz yurma deyshadi. Shu gaplar ne chog‘lik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha vaqtda jinlar tarqalgan vaqt bo‘ladi. Shuning uchun yosh bolalarni o‘sha vaqtda ehtiyot qilib turish kerak. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لَا تُرْسِلُوا فَوَاشِيَكُمْ وَصِبْيَانَكُمْ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ، فَإِنَّ الشَّيَاطِينَ تَنْبَعِثُ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ حَتَّى تَذْهَبَ فَحْمَةُ الْعِشَاءِ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha jonivorlaringiz va bolalaringizni qo‘yib yubormanglar. Chunki shaytonlar quyosh botgan paytda, qosh qorayguncha tarqaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar