Musulmon inson
Assalomu aleykum va raxmatulloxi va borakatux! Xurmatli Ustoz, Shayx Xazratlari sizga va vatandoshlarimizga kirib kelayotgan muborak oy xayrli va ofiyatli bulishini Alloxdan surab,bir savol bilan murojaat etishga izn bergaysiz. Ustoz musulmonning musulmondagi xakki oltitadir deyilgan xadisni ukidim.Ulamolarimiz musulmon bulishning shartlarida yoki musulmonda kanday shartlar bulishi kerakki ular musulmon deyiladilar. Raxmat.Tashakkur
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Islom so‘zining lug‘aviy ma’nosini lug‘at ilmi olimlari, tafsirchilar va boshqa olimlar chuqur o‘rganib chiqqanlar va bu so‘z quyidagi ma’nolarni anglatishini uqdirib o‘tganlar: 1. Ixlos. 2. Turli ofatlardan salomat bo‘lish.3. Sulh va omonlik. 4. Itoat va bo‘ysunish. Islomning shar’iy ma’nosiIslom «Alloh yagona» deb e’tiqod qilib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlikdir. Qur’oni Karimda Islom shirkka (Allohning sherigi bor, deb ishonishga) qarshi qo‘yilgan. Boshqa oyatlarda Islom Allohga ixlos qo‘yish va unga bo‘ysunish, itoat qilish ma’nolarida ham kelgan. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan pay-g‘ambar Muhammad alayhissalomga ergashgan kishi musulmon deyiladi.
2 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda