Va’dalashish xakida

Assalomu alaykum! Bir kuni, Toshkent masjidlarini birida Allox yulida xizmat kilayotgan domla bilan suxbatimiz bulib utdi. Suxbatimiz chogida, ishimizning rivoji uchun, kilishimiz kerak bulgan ishlar xakida maslaxat suradik. Domlamizning maslaxatlaridan biri "Allox bilan va’dalashish" buldi. Domlamiz: "niyatingizga etishish uchun, Alloxdan kup kup iltijo kilib suranglar, va’dalashinglar" dedilar. "Allox, menga shu narsani bersang, man san uchun bu narsani kilaman" deb va’dalashinglar dedilar. Ushbu nasixatga kirib man Allox bilan kuyidagi masalada va’dalashganman. Meni bir uglim bor. Yoshi 7 da. Bu mani 2 chi uglim, afsuski birinchisi yoshligida nobud bulgan. Uglimni men ayolim bilan 5 yil orzikib kutganmiz. Va tugilganida juda xursand bulganmiz. Oradan vakt utib biz yana farzand istagida juda intizor buldik. Keyingi 7 yil davomida biz xarakatda buldik va Alloxdan intizorlik bilan suradik. Domlamiz bergan maslaxatlaridan sung, men Allox bilan xar kuni va’dalashdim - "Allox, manga yana bir farzand bergin, man san uchun va sani yulingda 2 ta kuchkorni suyib, kam ta’minlangan oilalarga tarkatishga va’da beraman" deb. Alloxga bexisob shukronalar bulsinkim, 3-4 oy oldin ayolim xomilador buldi. Menga ushbu maslaxatni bergan domlamga ushbu savolimni berish istagida xarakat kildim. Lekin, domla bilan alokaga chikish ilojisi bulmayapti. Shuning uchun Sizdan xam suramokchiman. Savolim kuyidagicha: ayolim xomilador bulgandan keyin, Allox manga farzand berdi deb xisoblavomman va uzim bergan va’damni ustidan chikmokchiman. Man farzandim tugilguncha 2 ta kuchkorni suyib tarkatvursam buladimi yoki farzandim tugilib dunyoga kelgandan keyin va’damni ado etishim joizmi? Oldindan sizga raxmat. Allox sizga soglik salomatlik bersin, doimo Allox yulida kilayotgan ishlarizdan charchamasligingizni tilab kolaman. Allox sizdan rozi bulsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Va’dangizni qilish zimmangizga vojib bo‘lgan. Tug‘ilganidan keyin va’dangizni qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar