Arab tilini bilmaydigan namozxon

Assalomu alaykum! Men arab harfi va tajvididan deyarli xabarim yo‘q, suralarni ham arab harfida emas rus harfida yodlaganman, Allohni kechirsin. Xozirda musofir yurtlardaman, o‘zbekistonga qaytsam o‘rganmoqchiman. Savolim shuki men namozni o‘z vaqtida boshlamaganman, hozirda qazo namozlarimni o‘qib boryabman. Lekin qazo namozlarimni arab harfini o‘rganganimdan keyin o‘qiganim maqulmi yoki davom ettaveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozircha davom etavering. O‘zbekistonga qaytguncha kutishingiz shart emas. Ineternetda arab alifbosini o‘rgatadigan ilova va darslar juda ko‘p. Bir kunda 15-20 daqiqa ajratsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar