Yarashib olaymi?
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar, olib borayotgan ishlaringizni Alloh barokotli va xayirli qilsin. Biz chet elda opam bilan ishlaymiz. Men qatori bo‘lgan bola, yoshi o‘zidan katta bo‘lishiga qaramay opamga noo‘rin, qo‘pol hazil qilib, dilini og‘ritib qo‘ygan edi. Shu sabab u bilan arazlashib, bir necha oydirki opam ham men ham u bilan gaplashmaymiz. 3 kundan ortiq arazlashib bo‘limasligini bilaman, lekin, opamga qilgan hazili sabab, 3 kunda gaplashib ketgani g‘ururim yo‘l qo‘ymadi. Mana, in sha Alloh muborak ramazon kirib kelmoda. Ramazonda arazlashib yurishim to‘g‘ri bulmas deya o‘yladim va sizdan maslaxat so‘rashga kirishdim. U yigitcha joxilrok (Allohdan xidoyat so‘rayman) yana tortishishdan foyda yo‘q deb o‘yladim. Maslaxat bering, yarashib olganim ma’qulmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nasihatni opangizga va u yigitga qiling. Opangiz ham u yigit ham begona-nomahramlar bilan hazil qilishi shar’an harom. Siz yarashib oling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar