Kafforot beramanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Ramazon oyi sizu bizga muborak bo‘lsin. Men 1993-yilman. Avvallari ramazonning bandalar uchun gunohlardan poklanish uchun bunchalar ham katta imkon ekaniga etibor bermagan ekanman. Endi esa bilib:
meni 312 kun ramazon ro‘zasi qazolarim bor. Shu ro‘za qazolarini tutishga quvvatim etmaydi deb qo‘rqyapman. Lekin bo‘ynimdagi bu qarzni ado etishim kerak. Shu qazolarni kafforotini to‘lasa bo‘ladimi? Inshaaloh endi ramazon ro‘zasini to‘liq tutishga astoydil harakat qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz kafforat to‘lamaysiz, qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar