Odob o‘rganish
Assalomu alaykum! Odobni nomusulmondan yoki kofirdan o‘rganish joizmi? Masalan, Koreya va Rossiya davlatlaridagi yoshlarimiz navbatda turish, birovning haqqiga xiyonatdan saqlanish odoblarini o‘zlashtirishi joizmi? Yoki Islomda ulardan go‘zalroq odobni o‘rganib, ulardanda xusni xulqli bo‘lishimiz kerakmi? Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asli o‘sha odoblar Islomdan olingan. Bu va shu kabi ko‘plab odoblarga ular amal qilib, biz taraqqiyotdan orqada qolmoqdamiz. Hozirgi kunga kelib ular Islomdagi hamma farz, sunnat va mustahab amallarini qattiq o‘rganishga kirishishdi va amaliyotgan tatbiq qilishni ham boshlashdi. Ulamolarimiz : “Allohning odati shuki, O‘zi biror qavmga ne’mat bersayu, ular uni qadrlamasalar ulardan olib qo‘yib, boshqa qavmga beradi. Keyin ne’matni olib qo‘yilganlarni xorlikka duchor qiladi” deganlar. Islom, ilm-ma’rifat Alloh taoloning beqiyos ne’matidir. Biz buni qadrlamasak, Alloh uni bizdan olib qadrlaydiganlarga berib qo‘yadi hamda bizlarni xorlikka duchor qiladi. Alloh O‘zi bundan panoh bersin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim