Hoji akaning fatvosi

Assalomu alaykum! Bir akamiz biz yashayotgan davlatga kelgan edi, bugun bir oy bo‘ldi. U akaga bir xoji aka, “siz musofirsiz juma namozini o‘qishingiz shart emas, namozlarni qasr qilib o‘qiysiz” deb aytibdi. Hoji akani gapiga kirib, juma namozlarini o‘qimay peshin, asr va xufton namozlarini qasr qilib o‘qib yurgan ekan. Xoji akani fatvolari to‘g‘rimi? Men u akaga siz muqimsiz namozlarni to‘liq o‘qib, juma namozlarni ham o‘qing dedim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hoji aka ilmsizlik bilan fatvo beribdi. O‘qimagan juma va qasr qilgan barcha namozlarining gunohi o‘sha hoji akaning zimmasida bo‘ladi. Kim bo‘lsa ham biror borgan joyida 15 kecha kunduz turishni niyat qilsa, shar’an muqim hisoblanadi. Xalq tilida “musofir, g‘arib, bu yurtga begona” deb nomlansa ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:44 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar