Nikohi harom bo‘lgan ayollar
Assalomu alaykum! Bugun savol o‘qib qoldim. Bir yigit tog‘amni qizlariga holami qizlariga uylanishim mumkinmi meditsinada mumkin emas deb savol beribdi. Sizlar shariatda monelik yo‘q deb javob beribsizlar. Tushuna olmiyotgan narsam Shayx Hazratlarining “Baxtiyor oila” kitoblarida “Nikohi harom” qilingan ayollar bobi bor unda “Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa singillaringiz, ammalaringiz, hollalaringiz aka ukalaringiz qizlari, opa singillaringizning qizlari ….” harom qilinadi deyilgan. Sizni javobingiz mumkin deyilmoqda buni qanday tushunish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz quyidagi oyatning tafsirini yaxshilab o‘qib olsangiz savolingizga aniq javob olasiz. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi : حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib o‘tildi. Albatta, bu aloqani to‘g‘ri holda o‘rnatish kerak. Buning uchun esa uylanmoqchi bo‘lgan inson o‘ziga mos juft tanlamog‘i zarur. Tanlash jarayonida e’tibor berish farz bo‘lgan shart – xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi ayolni tanlovchi erkakka halol bo‘lishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon qilingan. Bu boradagi ilohiy ta’limot va amrlar shulardan iborat bo‘ladi. Islomdan boshqa din va tuzumlarda ham ushbu masalada o‘z ta’limotlari va hukmlari bor. Ularning ba’zilari Islom ta’limotlari bilan to‘g‘ri kelsa, ko‘plari noto‘g‘ridir. Ba’zi tuzumlarda Alloh harom qilgan toifadagi ayollarning nikohini halol qilishgan. Hatto onasiga uylanishga ham ruxsat berilgan. Boshqa bir tuzumlarda esa qabilasi boshqaligi, tanasining rangi boshqaligi, tabaqasi boshqaligi yoki shunga o‘xshash boshqa sabablar ila ushbu toifadagi ayollarning nikohlari harom qilingan. Islom esa ulkan hikmatlarni e’tiborga olib, nasab aloqasi, emikdoshlik aloqasi va qudachilik aloqalari tufayli ma’lum toifa ayollarning nikohlarini ma’lum toifa erkaklarga harom qilgan. Keling ularni bir-bir o‘rganib chiqaylik: Nasab aloqasi tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar: «Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari...» harom qilindi. 1. Nikohi harom qilingan ayollar toifasi oyati karimada «onalar»dan boshlangan. Bu narsa nasab jihatidan asl bo‘lganlarning nikohi haromligiga ishoradir. Ya’ni erkak kishining o‘z onasiga, ota-onasining onalariga nikohlanishi haromdir. Buni sharhlashga hojat bo‘lmasa kerak. O‘z onasiga erlik qilish nafaqat insonga, balki vahshiy hayvonlar tabiatiga ham ziddir. Axir u o‘z onasining bir parchasi hisoblanadi. Buning ustiga, nasab jihatidan yaqin bo‘lgan kishilarning nikohi ikki tomon sog‘lig‘i uchun ham zarar ekani hammaga ma’lum. Ulardan bo‘lgan farzandlar nimjon, kasalmand va nogiron bo‘lib tug‘ilishi tibbiyot xodimlari tomonidan aniqlangan. 2. Keyingi toifa «qizlaringiz»dir. Bunga kishining o‘zidan tarqagan zurriyotlari, jumladan, nabira qizlari va ulardan keyingi tabaqalar ham kiradi. O‘ziga jigargo‘sha bo‘lmish qizining eri bo‘lishni ravo ko‘rish uchun inson insonlikdan chiqishi kerak! Inson tabiatiga mutlaqo zid bo‘lgan bu ish ham Islom shariatida harom qilingandir. 3. «Opa-singillaringiz». Tug‘ishgan bo‘lsa ham, ota bir, ona boshqa yoki ona bir, ota boshqa bo‘lsa ham, erkak kishi uchun o‘z opa-singillariga nikohlanish haromdir. Avvalo, bularning asllari bir – bir qondan, bir qorindan paydo bo‘lib, bir xil sutdan katta bo‘lganlar. Insoniylik tabiatining o‘zi ularning er-xotin bo‘lishlarini ko‘tarmaydi. Ularning nikohlaridan keladigan tabiiy zararlardan tashqari, ijtimoiy zararlari ham ko‘p. Agar mazkur shaxslar orasida nikoh joiz bo‘lsa, ular bir oila a’zolari sifatida birga yashash va insoniy aloqalarda bo‘lish imkoniga ega bo‘lmay qoladilar. Chunki nikohi joiz bo‘lgan erkak va ayolning bir joyda turishlari, yolg‘iz qolishlari ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Xotin erini uning opa-singillaridan ham qizg‘anadigan bo‘lib qoladi. Bu mulohaza boshqa toifalarga ham joriydir. 4. «Ammalaringiz, xolalaringiz». Bular bilan ham nasab aloqalari bo‘lib, bu odamlar ham yuqorida zikr qilingan toifalarga o‘xshashdir. Amma-xolalar odatda onaning o‘rniga o‘tadigan, ota va ona tarafning vakillari hisoblanadilar. Ular bilan nikohda bo‘lish sog‘liq, axloq-odob va qarindoshlik jihatlaridan katta zararlar keltiradi. 5. «Aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari». Bular ham nasab jihatidan aloqador bo‘lib, avvalgi zikr qilingan va yana Allohning O‘zi biladigan boshqa hikmatlar sababli ularning nikohlari ham harom qilingan. Emizish tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar: 6. «...emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz»ning nikohi harom qilindi. Bu jumlada emish orqali nikohi harom bo‘lgan ayollar zikr qilinmoqda. Oyati karimada faqat ikki toifa – emish tufayli aslga aylangan, ya’ni ona bo‘lganlar va ularning shoxobchalari bo‘lmish emikdosh opa-singillargina zikr qilinmoqda. Payg‘ambarimiz alayhissalom esa bu borada: «Nasab jihatidan (nikohi) harom bo‘lganlar emish jihatidan ham harom bo‘ladilar», – deganlar. Ya’ni nasab jihatidan qaysi toifadagi ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emish tufayli ham o‘sha toifalarning nikohi harom bo‘ladi. Bunday hukmlar ostiga kiradigan emish shuki, ikki yoshdan kichik bo‘lgan go‘dakning onasidan boshqa sutli ayolni to‘yib emishidir. Ana o‘shanda u ayol bolaning onasiga, u ayolning eri bolaning otasiga, u ayolning bolalari esa uni emgan bolaning aka-ukasi va opa-singillariga aylanadilar. Shuningdek, ayolning boshqa qarindoshlari ham uni emgan bolaga xesh bo‘ladilar. Bu hukmning hikmati to‘laligicha Allohning O‘ziga ma’lum. Ba’zi hikmatlari esa ushbu oyati karima nozil bo‘lganidan bir necha asrlar o‘tib, ma’lum bo‘ldi. Go‘dakning suyagi va eti ona sutidan shakllanar ekan. Bir onaning sutini emib katta bo‘lgan insonlarning fiziologik xususiyatlari bir xilda shakllangani tufayli ular orasida nikoh aloqasi bog‘lansa, o‘zlariga ham, ulardan bo‘lgan bolalarga ham katta zarar bo‘ladi. Buni musulmonlardan boshqalar endi-endi tushunib kelmoqdalar. Qudachilik asosida nikohi harom qilingan ayollar: «...xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». 7. «Xotinlaringizning onalari». Qaynonalar va katta qaynonalarga (qaynotaning onasiga ham, qaynonaning onasiga ham) uylanish kuyov uchun harom. Bular qudachilik aloqalari tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar toifasiga kiradilar. Qaynona ham ona, unga uylanish mutlaqo mumkin emas. Qizi bilan bo‘lgan oilaviy hayotning hurmati bor. So‘ngra, agar qaynonaga uylanish mumkin bo‘lsa, qizi erini onasidan qizg‘anib, ona-bolalar orasidagi aloqalar ham buzilishi tabiiy. 8. «O‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari». Shariat hukmi bo‘yicha, erkak va ayol rozi bo‘lgach, aqdu nikoh o‘tishi bilan ular er-xotinga aylanadilar. Birga er-xotinlik qilib yashasalar, bu arab tilida «duxul bo‘ldi», deyiladi. Ammo aqdu nikohdan so‘ng ularning birga yashamasdan turgan hollari ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki holatning o‘ziga xos hukmlari bor. Ushbu holatlarni biz tarjimada «qovushgan» yoki «qovushmagan» deb zikr qildik. Ana o‘sha holatlarga tegishli hukmlardan biri nikohi harom bo‘lgan ayollar masalasida ham kelmoqda. Ya’ni bir odam ayol kishi bilan aqdu nikohni o‘tkazgan hamda «duxul» qilgan, ya’ni qovushgan ham bo‘lsa, o‘sha xotinning avvalgi eridan bo‘lgan qizi bu erkakka harom bo‘ladi. Oyati karimadagi «qaramog‘ingizdagi qizlari» degan jumla urfga kirgan, ko‘p uchraydigan odatni e’tiborga olib aytilgan. Aslida o‘gay qiz o‘gay otasining qaramog‘ida bo‘lmasa ham, ular o‘rtasidagi nikoh harom bo‘laveradi. Bu hukmning hikmati ham aniq ko‘rinib turibdi. Agar erkak kishiga o‘gay qiziga uylanishga ruxsat berilsa, u qizning o‘z onasi bilan munosabatlari qiyinlashadi. Qolaversa, o‘gay qiz ham qiz o‘rnida. Ammo yuqoridagi shartga ko‘ra, aqdu nikoh bo‘lgan-u, hali duxul bo‘lmasdan turib, ayol bilan ajrashsa, uning qiziga uylansa bo‘ladi. 9. «Va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari». Ya’ni kelinlar. Bu erda «pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz» deyilishidan tutingan o‘g‘illar bu hukmga kirmasligi ayon bo‘lmoqda. Kelinlarga uylanishni man qilishda axloqiy, insoniy munosabatlar e’tiborga olinishi bilan birga, xuddi yuqorida zikr etilgan holatlardagi kabi, qarindoshlik aloqalarini ehtiyotlash hikmati ham bor. Mazkur toifalarning nikohi abadiy haromdir. 10. «Opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi». Ya’ni bir kishi o‘z nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yoki singlisiga uylansa bo‘laveradi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qo‘shib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadi, shuning uchun harom qilingan. Oyatning oxirida: «Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli», – deyilmoqda. Ya’ni Islomning ushbu hukmi tushgunga qadar bunga o‘xshash nikohlar bo‘lgan bo‘lsa, ular hukm joriy qilinmasidan oldin, eski urf-odatga binoan qilingan, deb hisoblanadi va kechiriladi. Imom Ahmad ibn Hanbal Zahhok ibn Feruzdan, u kishi otasidan qilgan rivoyatda: «Musulmon bo‘lganimda ikki xotinim bir-biriga opa-singil edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ulardan birini taloq qilishimni buyurdilar», – deydi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 419 | Oila va turmush