Vanga kim?

Hazrat, bolgariyalik bashoratchi ayol Vanga haqida qanday ma’lumotga egasiz? Uning ko‘plab bashoratlarining to‘g‘ri chiqqanini qanday tushunsa bo‘ladi, axir ossmondagi farishtalarning kelajak borasidagi suhbatlarini eshitib folchilarga etkazadigan jinlarning yo‘li to‘silganku!?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu uch narsa og‘ir gunohdir.Muoviya ibn Hakam as-Sulamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Ey Allohning Rasuli, johiliyat vaqtida ba’zi ishlarni qilar edik. Kohinlarga borar edik», dedim.«Kohinlarga bormanglar», dedilar u zot.«Ba’zi narsalardan shumlanar edik», dedim.«U biringizning ko‘ngliga kelgan narsa. Bas, sizni zinhor to‘smasin», dedilar.«Bizdan chiziq chizib fol ochadigan kishilar bor», dedim.«Nabiylardan bir nabiy chiziq chizar edi. O‘shanga muvofiq bo‘lsa mayli», dedilar».Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Ilmli kishilardan o‘ziga kerakli narsalarni so‘rab bilib olish kerakligi.2. Folbinlarga borish haromligi.3. Biror narsadan shumlanish joiz emasligi.4. Kishining shumlanishi ko‘ngliga tushgan behuda narsadan o‘zga narsa emasligi.5. Ko‘ngilga tushgan shumlanish tufayli qilinishi lozim ishni qoldirmaslik lozimligi.6. O‘tgan nabiylardan bir nabiy chiziq chizib ba’zi Alloh bildirgan narsalarni bilgani. Ammo bu nabiy kim ekanligi, chiziq chizishlari qay xilda ekanligi ma’lum emas. Shuning uchun chiziq chizib fol ochishning har qanday ko‘rinishi man qilingan.Qobiysa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:«Iyofa, shumlanish va tosh tashlab fol ochish botildandir», deganlarini eshitdim».Abu Dovud solih sanad ila rivoyat qilgan.«Iyofa» — qushlarning ismiga va sayrashiga qarab fol ochish.Demak, bu ishlarning barchasi botil, ularga musulmonlar yaqinlashmasliklari lozim.Afsuski, hozirgi paytda Islomdan uzoqlashish oqibatida avvalgi johiliyat paytida bo‘lgan ushbu mavzuda zikr qilingan narsalar u yoki bu ko‘rinishda ichimizda mavjud. Bu narsalarning e’tiqod masalasida etkazadigan zararlari haqida o‘z o‘rnida bahs qilganmiz. Ammo ularning sog‘liqni saqlash masalasida etkazadigan zararlari haqida ushbu joyda so‘z yuritdik. Islom xastaliklarni asosan tib orqali, ba’zi ruhiy muolajaga ehtiyojlari borlarni Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uslublari ila muolaja qilishga amr etgan. Ikki holatda ham ustozlarida rasmiy ravishda shahodatnoma olgan mutaxassislarga qaratish amr etilgan. Bu haqiqatni har birimiz yaxshi anglashimiz va dinimizning amriga bo‘ysunishimiz vojib.

30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar