Marhumlarga savob atash

Assalomu alaykum! Savolim uzun bo‘lsa uzr. Dadamning ota-onasi, onamning otasi va akasi vafot etishgan. Banda kiyomatda avval namozidan so‘ralishini bilganim uchun ularning nomidan namoz o‘qish fikri kelib qoldi. Tushunishimcha hanafiy mazhabida badaniy ibodatlarni marxumlarga bag‘ishlasa bo‘ladi. Faqat quyidagi xadisni ilmsizligim sababli to‘g‘ri tushunmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birov birovning nomidan namoz o‘qimaydi. Birov birovning nomidan ro‘za tutmaydi. Lekin uning nomidan har kunning o‘rniga bir mudd bug‘doy taom beradi», dedilar»
1. Hadisdan ma’no nima va bir mudd qancha pulga to‘g‘ri keladi?
2. Agar namoz o‘qib, ularga bag‘ishlasam qay tartibda bo‘ladi? Aytaylik, bomdod, peshin, asr, shom, xufton kabimi? Bunda bir namoz bir odamga bag‘ishlanadimi yoki bir necha odamgami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Namoz o‘qib savob bag‘ishlash mumkin, lekin bu bilan marhumning zimmasidagi namozlari soqit bo‘lmaydi. حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ قَالَ: حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ قَالَ: حَدَّثَنِي ابْنُ جَبْرٍ قَالَ: سَمِعْتُ أَنَسًا رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَغْسِلُ - أَوْ كَانَ يَغْتَسِلُ - بِالصَّاعِ إِلَى خَمْسَةِ أَمْدَادٍ، وَيَتَوَضَّأُ بِالْمُدِّ Anas roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir so’dan besh muddgacha bo‘lgan suvda yuvinar yoki [g‘usl qilar edilar] va bir mudd bilan tahorat qilardilar». Izoh: So’ – yog‘ochdan qilingan idish bo‘lib, u o‘sha davrda o‘lchov vazifasini bajargan. So’dan suv idishi sifatida ham foydalanilgan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, bir so’ hajmda 3,330 litr, og‘irlikda 3,250 kilogrammga to‘g‘ri keladi. Jumhur ulamolar nazdida esa bir so’ hajmda 2,750 litr, og‘irlikda esa 2,040 kilogrammga to‘g‘ri keladi. Hanafiylarga ko‘ra, bir mudd hajmda 0,84 litr, og‘irlikda 812,5 grammga, jumhur nazdida esa hajmda 0,6875 litr va og‘irlikda 1020 grammga to‘g‘ri keladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:47 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar