Missionerlarga muomala

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar! Meni bir narsa juda qiynamoqda. O‘zinizga ma’lumki hozirgi kunda missionerlik harakati bilan shug‘ullanishga ko‘p o‘zbek farzandlari, asli musulmon bo‘lgan insonlar kirib ketishmoqda. Bir insonni uyiga shunday odamlar kelib o‘zlarini ta’limotini Iegova shohidlarini taqdim qilmoqchi bo‘libdi, lekin hali tushintirishga ham ulgurmaganligi va bu holatni yaxshi tushungandan keyin ularga ancha tushintirish olib borgan hamda ularning qonun jihatidan qilayotgan ishlari javobgarlikka olib borishini hamda ularni kerakli joyga aytib murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. Kelganlarning biri asl o‘zbek va oldinlari musulmon bo‘lganligini bilgandan keyin unga bu yo‘ldan qaytish kerakligi qilayotgan ishlari kufr ekanligini ko‘p vaqt tushintirgan va bu yo‘ldan qayting dep ko‘p ta’kidlagan. Shu bilan birga o‘zbek yigitiga tutgan yo‘lini yomonligini o‘zi bilgancha tushintirish bergan. Lekin ularni hech kimga aytolmagan (Aytishga ulgurmasdan ular ketib qolgan). Shu hususida so‘ramoqchi bo‘lgan lekin so‘rash uchun juraat qilmagan. Sizlardan iltimos shu insonga qilgan ishi qay darajada yaxshi yoki yomonligini tushintirib bersangiz. Bu holatda nima qilish kerak edi? Agar umumiy tushintirish bersangiz bu kabi ta’limotlar haqida barcha uchun savobli ilm hamda yomon yo‘llarga kirib ketishni oldini olishga sababchi ma’lumotlar bo‘lar edi. Savolimga javobingiz shu inson uchun juda muhum. Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Munkar ishni bilgan zahoti qaytarish kerak. Albatta har bir shaxs o‘zining imkoniyati doirasida ish tutishi lozim. Tanishingiz ham avvalo ularga nasihat qilishlari, qaytmasa ma’lum tashkilotlarga xabar qilishlari kerak edi. Bunday qilolmagan bo‘lsalar, istig‘for aytsinlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:47 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar