Namozdagi ishora

Assalomu alaykum! Yaqinda bir birodarimizning uyida men imom bo‘lib namoz o‘qiyotgandik namozning farzida uy egasining bolasi to‘xtamasdan otasini chaqiraverdi. Namoz tugagach uy egasiga bolanggizga qo‘linggiz bilan ket deya ishora qilmadinggizmi desam ha xuddi siz aytganday qo‘lim bilan ket deya ishora qildim dedi va men namozinggizni qaytarib o‘qib oling namozinggiz buzuldi dedim. Keyin noto‘g‘ri qildimmikin degan xayol paydo bo‘ldi, bu holatda namoz buziladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujrai saodatlarida namoz o‘qiyotgan edilar. Eshik taqqillab qoldi, Oisha roziyallohu anho edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam yonga siljib eshikni ochdilar va o‘rinlariga qaytib namozni davom ettiraverdilar. Siz aytgan ishora bilan namoz buzilmaydi. Barcha fiqhiy kitoblarimizda “Kishi namoz o‘qiyotganida tashqaridan kimdir chaqirib qolsa, namozda ekanligini izhor qilish uchun baland ovozda tasbeh aytishi bilan namoz buzilmaydi” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:47 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar