Kommunal soha
Assalomu alaykum! Men o‘tgan yili kollejni tamomlab tuman elektr ta’minoti korxonasiga ishga kirdim. Axoli bo‘yicha nazoratchi bo‘lib ishliman. Ishga kirishimdan avval ancha og‘ir bosiq, vazmin bola edim. Hozirda har kuni qarzdorlik yuzasidan bo‘ladigan urush janjallar tufayli o‘ta asabiy bo‘lib qoldim. Qarzdor istemolchilarni o‘chirish vaqtida so‘kish, qarg‘ish va la’natlar ham eshitaman. Nohaq xech kimni o‘chirmaganman. Agarda xatoli bo‘sayam uzr so‘rab yoqib beraman. Ammo hozirgi vaqtda asablarim dosh beromayapti, la’natlar qarg‘ishlar jon-jonimdan o‘tib ketvoti. O‘zimni zo‘rg‘a bosvoman. Ro‘za yaqinlashmoqda, bu holatda qanaqib ro‘za tutaman hayronman. Janjalsiz kunim o‘tmidi. Agarda ro‘za tutganimda janjal vaqtida jaxl ustida nomaqbul gap yoki ish qilib qo‘ysam nima bo‘ladi? Manga shu muammolar yuzasidan maslahat zarur. Alloh barchamizga insof bersin. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Alloh ta’olo kasbingizga baraka ato qilsin. Siz juda ham mas’uliyatli va sharafli ishni tanlabsiz. Agar haqqini ado qilib vazifangizni bajarsangiz, katta ajru mukofotlarga ega bo‘lasiz. Aksincha, nafs va shaytonni gapiga kirgudek bo‘lsangiz, oqibati do‘zax olovi bo‘ladi. Siz haqni ro‘yobga chiqarishda bardam bo‘lavering. O‘zi elektr toki, gaz va suv kabi insoniy zarur narsalarni ishlatib, pulini to‘lamaslik shar’an nojoiz va boshqalarni haqqini eyish hisoblanadi. Siz asabiylikdan o‘zingizni ehtiyot qilib ishingizni davom ettiravering. Kishilarning nohaq qilgan duoibadlari va qarg‘ishlari sizga zarar bermaydi. Lekin bitta muhim narsaga diqqat qiling, ya’ni zulm qilib qo‘yishdan juda ham ehtiyot bo‘ling. Chunki zulm qiyomatning zulumotidir. Haqiqiy ma’nodagi muhtojlarga qo‘lingizdan kelganicha yordam bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar