Ko‘z zinosi haqida
Assalomu alaykum! Buni mening bir yaqin dugonam sizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi. U bir necha yillar avval juda iymonli namozni ro‘zani kanda qilmaydigan aqlli qiz edi. Ammo u 17-18 yoshlari atrofida bir yomon narsalarni ko‘rib qolib unday narsalarga qiziqishi ortgan. Haftalar, oylar yillar o‘tib u uyatsiz(er xotin yaqinligi) videolarni ko‘rishdan hattoki hozirgacha o‘zini to‘xtata olamayotgan ekan. Ya’ni u shu yo‘l orqali o‘zini qoniqtirar ekan. U turmushga chiqmagan va 3-4 yilda ham turmushga chiqmaydi. Uning aytishicha hozirda u nafsiga juda engilib qolgan, namozda dangasalik qilib hattoki 5 mahalni ham o‘qimay qo‘ygan ekan. U bir necha bor Allohga vadalar berib o‘ziga vadalar ham berib ko‘rgan 1-2 oy o‘tgach yana ko‘rar ekan. Keyin esa Allohga tavba qilar ekan. Shu holatda u nima qilishi kerak, qandaydir duolar bormi istig‘formi nima qilishni bilmayabdi? Yana bir savol ko‘z zinosi chin dildan tavba qilib Allohdan so‘ralsa kechiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo haqiqiy tavba qilgan bandasining har qanday gunohini kechiradi. Ammo Alloh kechiradi deb gunohda bardavom bo‘lish istehzo shakliga o‘tib, iymonni xatarga solib qo‘yishi mumkin. Bu ham iblisning yo‘li bo‘lib, u orqali mo‘minlarni iymondan ayiradi. Kishi biror gunohga duchor bo‘ldimi darhol undan tavba qilishi va qayta qo‘l urmaslikka qasd qilishi lozim. Agar nafsi g‘olib kelib yana tarkorlasa yana tavbaga shoshilishi va bu gunohning oldini olish choralarini ko‘rishi zarur. Ko‘z zinosiga mubtalo bo‘lganlar ham ro‘za tutsinlar, agar shunda ham naflarini jilovlay olmasa ota-onalariga vaziyatni tushuntirib nikohlanishni tezlatsinlar. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 212 | Dolzarb savollar