Kun almashishi

Assalomu alaykum! Kun shariat bo‘yicha shomdan almashadi deb yozibsilar ammo masjid imomlari asrdan deyishyapti iltimos shomdan almashsa dalil aytinglar behurmatlik qilayotkanim yo‘q ammo ikkilanib qoldik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘ylanadigan yoki ikkilanadigan narsa emas. Shomda yangi oy ko‘ringani uchun taroveh o‘qish boshlanadi. Qurbonlikda ham uchinchi kunining shom bo‘lgunicha jonliq so‘yish joiz. Yana shuningdek shariatda ro‘za tutganda kunning nixoyasi shomgacha deb belgilangan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar