Fosiq kimsalarga yaxshilik
Assalomu alaykum! Biz yahudiy va nasroniylarga yaxshilik qilish kerakligini bilamiz, ammo fosiq kimsalarga yaxshilik qilish kerakmi?
2). Agar fosiqlarga yaxshilik qilish kerak bo‘lsa qay yo‘l bilan va qay paytlarda? Iltimos maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohga vasila bo‘lmaydigan barcha ishlarda unga yaxshilik qilinaveradi. Musulmon kishi bunda "Alloh taolo men sababli bu bandaga hidoyat bersa" degan umid bilann harakatda bo‘ladi. Eng yaqin do‘stingizni ikki farzandi bo‘lib biri solih, boshqasi fosiq bo‘lsa, do‘stingizni hurmati ikkisiga ham bir xilda muomala qilishingizni taqozo qiladi. Hayotda shunday ham bo‘ladi. Gohida fosiqqa qilingan xayri ehson, yaxshilikni fosiq farzand noto‘g‘ri tasarruf qilayotgani e’tiboridan do‘stingizning o‘zi ba’zi narsalarda undan chetroq bo‘lishni tavsiya qiladi. Xuddi shuningdek barcha maxluqotlar Alloh taoloning maxluqi, bandalari ekanligining e’tibori bilan izzat ikrom va yaxshi muomalaga loyiq hisoblanadi. Lekin Alloh taolo ham O‘ziga itoatsiz bo‘lgan bandalaridan fisq-fujur, buzuq e’tiqod kabi ba’zi ishlardagina uzoqroq bo‘lishimizga buyuradi. Qolgan ishlarda solihga qilinadigan muomalalarning barchasi unga ham qilinadi. Do‘stimizning fosiq farzandini tavba qilishi, oxir oqibati jannat bo‘lishini qanchalik xohlasak va shunga erishish uchun qanchalik pandu nasihat, moddiy va ma’naviy yordamlar qiladigan bo‘lsak, boshqa din vakillariga ham xuddi shunday holatda bo‘lishimiz kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar