Halol bo‘lmagan taomlarni etkazib berish
Assalomu alaykum! Men hozirgi kunda horijda istiqomat qilayapman. Aniqrog‘i New York shahrida. Bu erda taom etkazib berish xizmatlari keng rivojlangan. Do‘stim menga shunday bir servisda ishlashni taklif qildi va buni daromad topishning yaxshi yo‘li deya takidladi. Lekin bir savolimga aniq javob bera olmadi. Hamma gap shundaki servisdan foydalanuvchi inson bergan buyurtmasida sharob, vino kabi spirtli ichimliklar va cho‘chqa go‘shti, halol yo‘l bilan so‘yilmagan boshqa mol va qo‘y go‘shtlari qo‘shib tayyorlangan taomlar bo‘lishi turgan gap. Savol shundan iboratki shu xizmat turini ko‘rsatish bilan shug‘ullanib topgan pulim menga halol bo‘ladimi? Bu savolga aniqlik kiritishingizni so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa ish toping. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa ish toping. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom