Kufrda ketgan inson

Assalomu alaykum! Kufrda ketgan insonga janoza o‘qigan kishi dindan chiqadimi? O‘sha kishiga iqtido qilib janoza o‘qiganlar ham dindan chiqadilarmi? Savol berishimdan maqsad qo‘shni davlatlarda janozaga kelgan ayrim imomlar “kim bo‘lgan bu inson, namozxonmi yoki benamoz, riboxurmi yoki zulmkor” deb so‘rashyapti ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’iy dalil bilan kufr ishni qilgani yoki kufr gapni aytgani aniq bo‘lsa, o‘sha holatida tavba qilmasdan vafot topgan bo‘lsa, unga janoza o‘qilmaydi. Benamozga janoza o‘qigan kofir bo‘lmaydi. Vafot etgan insonni kufrga hukm qilishdan juda ham saqlanish lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar