Suv isrof qilish

Assalomu alaykum! Biz qishloq joyda yashaymiz. Toza ichimlik suvi bilan muammo bor. Shuning uchun biz maslahatlashib eshigimizga umum foydalanishi uchun maxsus texnalogiya yordami bilan 70-80 metr  er ostidan suv chiqarmoqchi edik. Bu haqida dinimizning hukmi qanday? Chunki suv chiqqanidan keyin doimiy ravishda oqib turishi shart ekan. Agar oqib turmasa suv chiqmay qo‘yar ekan. Suvni chiqarib foydalanmagan vaqtlarda oqava suvga burib yubirish joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlar foydalanadigan ariqlarga oqizishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar